“Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

E’lon qilingan sana· 384
“Mabodo koʻrmay qolgan boʻlsangiz”: Oʻzbekcha YouTube hafta ichida

Oxirgi paytlarda YouTube’ning o‘zbek segmenti ham ancha faollashdi, kontentlar ko‘paydi. Hozir videolar shu darajaga yetdiki, ko‘rib tugatib bo‘lmaydi, hatto sifatli va mazmunlilarini ham. Hafta davomida e’lon qilingan materiallarni foydalanuvchilar keyinroq ko‘rish uchun o‘tkazib yuboradi, lekin u videoni keyinchalik eslamasligi ham mumkin. Shu munosabat bilan Afisha.uz har hafta oxirida YouTube‘da e’lon qilingan o‘zbekcha kontentlarni bir joyga to‘plab, “Mabodo ko‘rmay qolgan bo‘lsangiz” rukni ostida e’lon qilib boradi.

Koʻngilochar kontentlar

“[GAME] Aureliouslar GTA RPda | NmaGap”

“NmaGap"chilar bu hafta geymingga bagʻishlangan video e’lon qildi. Unda internetdagi mashhur mem personaj Chingizni ham uchratish mumkin.

“Alisher Uzoqov va Mirshakar Fayzulloyev Tungi Qahramon”

Mirshakar Fayzulloyevning “Tungi qahramon” koʻrsatuvida aktyor Alisher Uzoqov mehmon boʻldi. Ushbu shouda boshlovchining savollariga mehmonning kontaktidagi insonlar javob beradi.

Oʻzimizning mahsulot: “Botir Qodirov konsertidan reportaj — 2024”

Taniqli estrada xonandasi Botir Qodirov 25−30-aprel kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida yakkaxon konsertini taqdim etmoqda. Botir Qodirov ijodining 20 yillik yubileyiga bag‘ishlangan jonli ijrodagi dasturda qo‘shiqchining hitga aylangan taronalari kuylanmoqda. Afisha.uz muxbirlari konsertda mehmon bo‘lib, reportaj tayyorladi.

Podkastlar

“Banklar tarixi, Amirlikdagi biznes holat, Moskvadagi arxivlar, Elitalar aralashuvi — Baxtiyor A”.

Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov boshchiligidagi “Fikr yetakchilari” podkastida tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Baxtiyor Alimdjanov mehmon boʻlgan.

“#18 DOLLAR KESKIN OSHADIMI? — Lolazor podcast”

“Lolazor” podkastining navbatdagi sonida Toshkentdagi 2 ta katta bogʻning 49 yilga xususiy investorga berib yuborilishi va shu bogʻlarning allaqachon talon-toroj qilingani, mahalliy kengash deputatlarining nima uchun kerakligi, dollarning keskin oshishi, maktab hududlarining sotilishi, viloyat mashinalarining Toshkentda taksi qilish huquqi, Britaniyadan kelgan martabali mehmon va uning ahamiyati, hokimlarning vakolat doirasi hamda Oʻzbekiston U23 terma jamoasining gʻalabasi haqida gap borgan.

“MIRZAHAKIM TOʻXTAMIRZAYEV — Sharh, Kuperni tan olmasligi va Katanes bilan teskari diolog haqida”

“Markaziy Sektor” podkastining ushbu sonida sport sharhlovchisi va jurnalisti, pedagog hamda bir necha darsliklar muallifi Mirzahakim To‘xtamirzayev mehmon bo‘ldi.

Unda Olimpiya terma jamoasining tashkil etilishi, ushbu jamoaga bo‘lgan e`tibor hamda U23 Osiyo kubogidagi imkoniyati, Temur Kapadze shaxsiyati, Olimpiadada jamoaviy o‘yinlarda nima uchun natija yo‘qligi, kamtarligi bois keragidan ortiq panada qolib ketgan murabbiy, Milliy terma jamoamizning Qatarda o‘tgan Osiyo kubogidagi ishtiroki, Katanesning savoldan qochishi, terma jamoalar markazi jimligi, shuningdek, Kuperni nima uchun tan olmasliklari va futbol sharhlovchiligi kabi qator mavzular haqida gaplashishgan.

Boshqa koʻrsatuvlar

“Kulgu qancha turadi? | Elmurod Haqnazarov, Qobil Karimberdiyev, Abu Bakr Fozilov | SOQQA”

Yumorda pul bormi? Yumoristlar qanday pul topadi va uni qanday sarflaydi? Mirshakar Fayzulloyev mazkur savollarga javob topish uchun turli yo‘nalishlardagi 3 nafar yumorist bilan, tajriba, xatolar, xulosa, o‘zi umuman bosib o‘tilgan yoʻllar haqida gaplashishga qaror qilgan.

“Super josuslar oʻyini | SSSR vs AQSh | TARIX RAKURSI | Alimoff”

Bloger Nurbek Alimov sovuq urushning eng mashhur josuslik epizodlaridan biri haqida soʻzlaydi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ